18 iyu 14:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Alvares sentyabrda jang qilmaydi. Sabab ham malum
O'rta vazn toifasida WBA, WBC, IBF kamarlari sohibi Saul Alvares sentyabrda ringga ko'tarilmaydi.
Bunga sabab, unga qarshi jang qiladigan munosib nomzod yo'qligi aytilmoqda.
“Men vatanim shanini himoya qilish uchun, doim may hamda sentyabr oylarida jang qilardim. Lekin, bir nechta vazn toifasida chempionligimni ham hisobga olsak, men bu tashkilotlarni ham hurmat qilishim kerak. SHu sababli «Golden Boy» bilan kelishgan holda sentyabrda jang qilmaydigan bo'ldim. Sababi, men o'zimdan kuchsiz raqiblarga jang qilishni istamayman. Men doim o'z oldimga yuqori maqsadlar qo'yaman hamda muxlislarimga ham qiziqarli jang tashkil etish niyatidaman”,-dedi Saul Alvares.
Avvalroq, Alvares o'rta og'ir vazn toifasida WBO kamari sohibi Sergey Kovalyovga qarshi jang qilishi mumkinligi aytilgandi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar