24 mar 12:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Alvares - Sonders jangi chiptalari sotuvi boshlandi
AQSHda Saul Alvares hamda Billi Jo Sonders o'rtasidagi birlashtiruvchi chempionlik jangi uchun chiptalarning bir qismi sotuvga chiqarildi.
CHiptalarning qolgan asosiy qismi esa 26 mart kuni sotuvga qo'yiladi. Hozircha chiptalarning narxi haqidagi malumot taqdim etilmagan. Saul "Kanelo" o'zining Instagram sahifasida bugundan chiptalar sotuvga chiqarilgani haqida xabar qoldirgan, xolos.
Eslatib o'tamiz, ikkinchi o'rta vazn toifasida WBC va WBA Super chempionlik kamarlari sohibi, meksikalik Saul Alvares hamda shu vaznda WBO chempioni, britaniyalik Billi Jo Sonders o'rtasidagi birlashtiruvchi chempionlik jangi 8 may kuni AQSHning Texas shtati Arlington shahrida bo'lib o'tadi. Texas shtatida marosimlarning muxlislar bilan o'tkazilishiga ruxsat berilgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar