05 sen 10:03
Yangiliklar
Tennis

Amaldagi chempion Arina Sobolenko US Open finaliga chiqdi
Dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko umumiy mukofot jamg'armasi 90 million dollarni tashkil etuvchi AQSH Ochiq chempionatining bosh sovrini uchun kortga chiqadi.
Belaruslik tennis malikasi "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirning 1/2 finalida amerikalik Jessika Pegulani uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 4:6, 6:3, 6:4.
Ikki soatu besh daqiqa davom etgan bahsda Arina 8, Jessika esa 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 4 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Sobolenko 3, Peguda 2 ta breyk-poyntdan foydalagan. Aynan belauslik tennischi US Open turnirining amaldagi chempioni hisoblanadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar