19 iyu 16:34
Yangiliklar
Amaldagi jahon chempioni Belgiyadagi turnir g'olibi bo'ldi
Dunyoning eng ko'zga ko'ringan 10 nafar grossmeyteri – Magnus Karlsen (Norvegiya), Vishvanatan Anand (Hindiston), Levon Aronyan (Armaniston), Fabiano Karuana (AKSH), Anish Giri (Gollandiya), Vladimir Kramnik (Rossiya), Xikaru Nakamura (AQSH), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya), Veselin Topalov (Bolgariya), Uesli So (AQSH) ishtirokidagi musobaqaning kecha rapid yo'nalishi bo'yicha bahslar yakunlandi.
Turnirning ikkinchi kunida ham sportchilar to'rt partiya bahs yuritishdi. Unda amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen barcha o'yinlarni o'z foydasiga hal qilib, yakunda 8 ochko jamg'ardi. (Rapid qoidasiga ko'ra g'alaba uchun 2, durangga 1 ochko beriladi).
Ikki kunlik musobaqa yakunlariga ko'ra norvegiyalik Magnus Karlsen jami 12 ochko jamg'arib, bosh sovrinni qo'lga kiritdi. Amerikalik Uesli So 11, armanistonlik Levon Aronyan va Xindiston vakili Vishvanatan Anand 10 ochko bilan keyingi sovrinli o'rinlarni band etishdi.
SHuningdek, Fabiano Karuana 9, Veselin Topalov, Maksim Vashe-Lagrav, Anish Giri 8, Vladimir Kramnik, Xikaru Nakamura 7 ochko to'pladi. Bugun nufuzli musobaqaning blic yo'nalishi bo'yicha bahslari boshlanadi. 18 partiyadan iborat uchrashuvlar aylana tizimda o'tkaziladi. Har bir partiya 5 daqiqadan iborat bo'lib, bir yurishga 2 soniyadan qo'shib beriladi. Blic yo'nalishi bo'yicha musobaqa g'olibi ertaga aniqlanadi.
Fikrlar