08 mar 08:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Amanda Nunes g'alabadan so'ng faoliyatini yakunlash borasidagi savolga javob berdi
Ikki vazn toifasida UFC kamari sohibi Amanda Nunes Megan Andersonni mag'lub etganidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Vaznimda kuchli raqib qolmagani mening aybim emas. Yildan yilga borgan sari kuchli bo'lib boryapman. Men har kuni kuchayib bormoqdaman, doim jiddiy mashg'ulot olib boraman. Murabbiylarim dunyodagi eng zo'rlari, men eng kuchli jangchilar bilan sparring tushaman. Men urg'ochi sherman, bolasi bor sher esa yanada xavfliroq bo'ladi.
Faoliyatimni yakunlash niyatida emasman, hali kuchim bor va jang qilishda davom etaman. Hozirgi ko'plab insonlar kasallik sababli vafot etyapti. Ona vatanim Braziliyada ham shunday holat. SHu bois men u erga bora olmadim. Tez orada barchasi joyiga tushadi degan umiddaman", - dedi Amanda Nunes.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar