06 mar 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA

"Amanda Nunes mashg'ulotlar lagerida bir erkakni nokdaunga uchratgan"
UFC prezidenti Dana Uayt ikki vazn chempioni Amanda Nunes Megan Andersonga qarshi himoya jangini o'tkazishidan oldin ajoyib formada bo'lib turgani haqida gapirdi.
"Meni fikrimcha Amanda Nunes MMA tarixidagi eng buyuk jangchilardan biri. Unga kim bilan jang qilishni umuman qizig'i yo'q. U oddiy hayotda ajoyib inson bo'lishi bilan birga oktagon ichida haqiqiy yirtqichga aylanadi.
Murabbiyining so'zlariga ko'ra, Amanda shu safargi mashg'ulotlar lagerida o'zining eng yaxshi formasini namoyish qilgan. U mashg'ulotlar lagerida bir erkakni nokdaunga uchratgan. SHu sababli uning jangini ko'rish juda qiziq bo'ladi", - dedi Dana Uayt,
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar