So’nggi yangiliklar

19:02Двалишвили жароҳати ҳақида: "Мендa ҳали тўққизта бармоқ бор — бу етарли" 0 18:39Кормьенинг фикрича, Жонс ва Аспиналл жанги албатта бўлади 0 18:17Расман: Та – "Бавария" футболчиси! 0 17:52Фергюсон Хабибга ваъдани эслатди 0 17:27Иэн Гэрри Махачев ва Чимаевни мағлуб этишга ишонмоқда 0 17:01Оливейра: "Камаримни ўғирлашганини барча билади" 0 16:38“Реал“ Алонсо орқали ТОП трансфер амалга оширмоқчи 0 16:16"Саудияликлар боксга жиддий киришишган" - Дмитрий Бивол 0 15:53"У — ҳақиқий машина". Сехудо Двалишвили ҳақида фикр билдирди 0 15:26Дэвид Бенавидес Дмитрий Биволни қочгани учун танқид қилди 0 15:03Раулнинг ўрнини ким эгаллагани маълум бўлди 0 14:39Эдди Хирн Жошуа бу йил нечта жанг ўтказишини айтди 0 14:17"Ролан Гаррос". Алькарас муваффақиятли юришини давом эттирмоқда 0 13:55UFC дебютантлари энди махсус нишонлар билан жанг қилади 0 13:32U-23 Осиё кубоги саралаш босқичига қуръа ташланди. Ўзбекистон Қирғизистонга боради 0

12 apr 20:42
Yangiliklar

Boks/MMA

Amanda "Ona sher" Nunes UFC qafasiga qaytmoqda

Teglar :  Amanda NunesUFC
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni yakunlanmay qolgan ishini nihoyalash uchun faoliyatini qayta tiklashi mumkin.

Braziliyalik "Ona sher" Julianna Penya va Kayla Xarrison o'rtasidagi chempionlik jagi g'olibasiga qarshi oktagonga chiqishga tayyor ekanini malum qildi. Mayamida o'tgan UFC 314 turniri matbuot anjumanida Nunes bu niyatini oshkor etdi. 

Yodingizda bo'lsa, 2021 yilda Penya shov-shuvli tarzda Nunesni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratib, divizionning yangi chempioniga aylangandi. Lekin 2022 yilda o'tkazilgan revansh jangida Julianna kamarini boy berdi. Keyin Nunes faoliyatini yakunlaganini elon qildi. Bundan unumli foydalanib qolgan Penya yana ishga kirishdi va Rakel Penningtonni hakamlarning ayri qarori bilan mag'lubiyatga uchratgan holda faoliyatida ikkinchi bor chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.

Julliana Penya - Kayla Xarrison jangi 7 iyun kuni AQSHning Nyuark shahrida tashkil etiladigan UFC 316 turniri doirasida o'tkaziladi. Dzyudo bo'yicha ikki karra Olimpiada chempioni bo'lgan Xarrison ushbu jangda favorit hisoblanmoqda. U o'tgan yili UFC promoushenida debyut qilgandi. Avvaliga Xolli Xolmni bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan, keyin esa Ketlin Vieyrani ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgan edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing