18 dek 11:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Amerika futboli afsonasi Bredi UFC’ning ikki buyuk jangchisini aytdi
Superboulning etti karra g'olibi, Amerika futboli tarixidagi eng yaxshi o'yinchilardan biri Tom Bredi Ultimate Fighting Championship (UFC) promousheni tarixidagi (GOAT) ikki buyuk jangchini etirof etdi.
"Eng buyuk? Jon Jons va Xabib Nurmagomedov. Ikkalasini ham yaxshi ko'raman", - dedi Bredi jurnalist Nina Dramaning Kick platformasidagi strimida.
Malumot uchun, Jon Jons 2008 yildan 2024 yilgacha professional darajada faoliyat yuritgan. Uning hisobida 28 g'alaba, bitta mag'lubiyat bor. Yana bitta jangi o'tkazilmagan deb topilgan.
Xabib Nurmagomedov aralash yakkakurashlar tarixidagi eng muvaffaqiyatli jangchilardan biri hisoblanadi. Ko'pgina mutaxassislar uni eng buyuk deb atashadi. Aralash yakkakurashlardagi faoliyati davomida rossiyalik 29 ta jang o'tkazib, ularning barida g'alabaga erishgan. Dana Uaytning promoushenida 13 ta g'alaba qayd etgan.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar