27 dek 07:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Amerikalik promouter: "Yangi yilda Joshua - Uaylder jangini ko'rishga umid qilaman"
Promouter Lu DiBella superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempionlari Entoni Joshua hamda Deontey Uaylder o'rtasidagi jangi ko'rishni istashini aytdi.
DiBella, Joshuaning Aleksandr Usikka qarshi janglarda ikki bor mag'lubiyatga uchraganiga qaramay, superog'ir vaznda kuchli bokschilar qatorida qolishiga ishonchi komil.
"Joshua mag'lubiyatga uchragan bo'lsa ham, yaxshi bokschi va ajoyib janglar o'tkaza oladi. Men 2023 yilda Joshua - Uaylder jangini ko'raman deb umid qilaman", - dedi DiBella.
Avvalroq Entoni Joshua 2023 yil rep janrida mini-albom chiqarish niyati borligini malum qilgan edi.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar