So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

20 iyu 12:42
Yangiliklar

Dzyudo

Amir Temur yurtidan bo'lgan Kamoliddin Rasulovni tabriklaymiz!

Bugun dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Kamoliddin Rasulov o'z tavallud ayyomini nishonlayapti.

Kamoliddin Rasulov 1992 yil 20 iyul kuni polvonlar yurti - Qashqadaryo viloyati SHaxrisabz tumani Mo'minobod qishlog'ida kurashchilar oilasida dunyoga kelgan. Qashqadaryo polvonlar diyori bo'lgani uchun bolaligidan kurashga mehr qo'ydi. Bunda tabiiiyki, oilaviy muhitning tasiri katta bo'ldi. Kichik Kamoliddin otasi va akasining izidan borib, kurashga mehr qo'ydi.

"Otam va akamga qo'shilib to'y kurashlariga borardim. Akam Jamoliddin Rasulov taniqli kurashchi bo'lgan. Dadam SHaxrisabzdagi Ilhom aka Murodovning zaliga olib borganlar. SHu kungacha erishgan barcha yutuqlarim uchun birinchi galda ota-onamga rahmat aytaman", - deydi bugungi qahramonimiz. 

Kamoliddin sportdagi birinchi medalini CHiroqchidagi turnirda qo'lga kiritgan. -26 kg vaznda kurashgan yosh Rasulov ilk bor shoxsupaga ko'tarilgan edi. U yoshligidan mashhur polvonlar, jahon chempioni va sovrindorlari Bahrom Avazov, Farhod To'raev, Kamol Murodovga havas qilgan. Abdulla Tangriev, Rishod Sobirov singari dzyudochilarimizdan ilhomlangan. Ilhom Murodov, Asadullo Bozorov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy Ravshan Ahmadjonov, terma jamoamizning hozirgi murabbiyi Illias Illiadisdan kurash, sambo va dzyudo sir-asrorlarini o'rgandi. Milliy kurash va sambo sport turlaridan jahon chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi bo'lgan.

Kamoliddin Rasulov -81 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilib kelmoqda. Dzyudochimiz "Katta Dubulg'a", Gran-Pri turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqalarda munosib tarzda ishtirok etib kelmoqda. U o'tgan yili Toshkent Gran-prisining kumush medalini qo'lga kiritgan. Ayni paytda -81 kg vaznda Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi reytingdan mustahkam o'rin egallagan.

Fursatdan foydalanib, O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati, murabbiylar shtabi, dzyudochilar nomidan Kamoliddin Rasulovni bugungi shukrona kuni bilan muborakbod etamiz. Yuzing yorug', qo'ling hamisha baland bo'lsin, Kamoliddin!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing