17 jan 13:30
Yangiliklar
Kamondan otish
Amirxon Sodiqov va boshqa kamonchilar Koreyada yig'in o'tkazadi
Kamondan otish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari yilning dastlabki o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etish uchun Koreya Respublikasiga yo'l olishdi.
Rejaga ko'ra, hamyurtlarimiz mashg'ulotlarni Suvon shahrida olib borishadi. 8 fevralga qadar davom etadigan yig'inga 10 nafar (5 nafardan erkak va ayol) sportchi jalb etilgan.
Mashg'ulotlar mart oyidan boshlanadigan xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikning muhim bosqichi vazifasini o'tab beradi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar