08 may 13:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Ana bo'lmasa! Aleks Pereyra UFC bilan o'rtasida nizo borligi sabab faoliyatini yakunlamoqchiligini yozib, keyin barcha aybni xakerlarga to'nkab qo'ydi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Aleks Pereyra yarimog'ir vaznda yangi chempionga aylangan Magomed Ankalaevning navbatdagi raqibi bo'yicha UFC rahbariyatining sahna ortidagi rejalari haqida qiziqarli fikr bildirdi.
Karlos Ulberg va Irji Proxazka Ankalaev uchun ehtimoliy raqiblar sifatida tanlangan. Ko'rinishidan, Aleks bu ro'yxatda uning ismi yo'qligidan juda xafa bo'lgan.
"Men hech qachon UFC haqida yomon gapirmaganman, lekin hozirgina eshitganlarim ko'nglimni parchaladi. Menda endi boshqa jang qilmaslik haqida o'ylar paydo bo'ldi, bu boshlanishi bo'lishi mumkin", deb yozdi Pereyra o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Keyinroq esa Aleks akkaunti xakerlar xujumiga uchragan bo'lishi mumkinligini davo qilib, UFC bilan doim yaxshi munosabatda ekanini aytdi.
Eslatib o'tamiz, Pereyra o'zining so'nggi jangini mart oyida Ankalaevga qarshi o'tkazib, mag'lub bo'lgan va kamaridan ayrilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar