19 mar 14:58
Yangiliklar
Ana xolos! Konor Makgregor mashg'ulotlarni tashlab, yana ichkilikni boshladi
"Men Franciya janubidagi Kann hamda BAAning Dubay shaharlarida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazdim. Bu yig'inlarda men jahon chempionlari bilan birga shug'ullandim. Mashg'ulotlar dekabr oyida jang o'tkazishim uchun qaratilgan edi. Keyin yanvarda jang o'tkazishdan umid qildim. Afsuski, oktagonga qaytishim ortga surilib ketaverdi. Buning natijasida menda janglarga qaytish qiziqishi "o'ldi". Mashg'ulotni tashlab, ichishni boshlab yubordim", - deya irlandiyalikning so'zlarini keltiradi The Mac Life nashri.
Darvoqe, Konor Makgregorga Dubaydagi o'quv-mashg'ulot yig'inida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Bahromjon Ro'ziev yaqindan yordam bergandi. U asosan Konor bilan sparringlarda ishlagandi.
Malumot uchun, Konor Makgregor so'nggi bor 2021 yilning iyul oyida oktagonda ko'rinish bergandi. O'shanda u Dastin Porega qarshi trilogiyada oyog'idan jiddiy jarohat olgan edi.
Fikrlar