So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

27 apr 07:42
Yangiliklar

Dzyudo

Ananalarga ega CHirchiq dzyudo maktabi haqida

Biz mamlakatimiz viloyat va shaharlarida dzyudoga qaratilayotgan etibor hamda uning asnosida erishilayotgan yutuqlar haqida hikoya qilishni boshlagan edik.

Bugun CHirchiq shahri dzyudosi xususida so'z yuritamiz. Suhbatdoshimiz Toshkent viloyati dzyudo federaciyasi ijrochi direktori Vohid Jo'raev bo'ladilar. 

- Vohid aka, karantin kunlari Toshkent viloyati, xususan chirchiqlik dzyudochilar uchun qanday o'tmoqda?

- Mamlakatimizning barcha joyida bo'lgani kabi bizda ham hamma o'z uyida mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. Murabbiylar bilan onlayn muloqot o'rnatilgan. Maxsus ochilgan telegram kanalida video onlayn mashg'ulotlar o'tkazilyapti. Murabbiylar o'z shogirdlariga topshiriqlar berishyapti. Dzyudochilar shu asosida shug'ullanishyapti.  

- CHirchiq dzyudosi haqida gap ketganda faqat iliq fikrlar aytiladi. SHu o'rinda CHirchiq dzyudosini yuqoriga ko'targan sportchilar, fidoiy murabbiylar haqida ham malumot bersangiz.

- To'g'ri takidlab o'tdingiz. Haqiqatan ham, CHirchiqdan O'zbekiston terma jamoasi tarkibida aytishga arzigulik yutuqlarga erishgan zabardast dzyudochilar etishib chiqqan. Birinchilar qatorida Dmitriy Solovyov, Andrey SHturbabin, Murat Kalikulov, SHokir Mo'minov, Sanjar Zokirov, Dilshod CHoriev, Mirzohid Farmonov, murabbiylardan Kim Yuriy Samsonovich, Mirzarahmonov Nag'manjon Ahmedovich, Muradosilov Server Dilyaverovich, Galkin Viktor Mixaylovich kabi nomlarni tilga olishni joiz deb bilaman. 

- Bugungi kunda siz sanab o'tgan taniqli dzyudochilarning yo'lini kimlar davom ettiryapti?

- Yoshlarimizdan Jayhun Nazarovni alohida takidlagan bo'lardim. U 2018 yili Argentinaning Buenos-Ayres shahrida o'tkazilgan III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlarining oltin medalini qo'lga kiritgan. CHirchiq olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Angrenlik Bobur Vadjiev yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati sovrindori bo'lgan. Artyom SHturbabin o'tgan yili Harbiylar o'rtasidagi jahon chempionatida g'oliblik shoxsupasiga ko'tarildi. Yoshlarimiz Qozog'istonning Aktau shahrida o'tkazilgan xalqaro musoboqada 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi. Mansurov Abduqodir,  Zokirjonov Asadbek va SHomurodov Mahmud oltin, Rahimov SHohjahon kumush, Mirzaev SHohrux va Nutfullaev Abdurahim bronza medali bilan taqdirlandi.

- Qanday muammolar bor?

- Federaciyamiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilyapti. Oldimizga turgan asosiy vazifalardan biri selekciyani kuchaytirish. Toshkent viloyatining qolgan tuman va shaharlarida ham dzyudo sport turini yanada ko'proq ommalashtirish, dzyudo sekciyalarini ochishdan iborat. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing