16 noy 10:01
Yangiliklar
Boks/MMA
AND STILL! Valentina SHevchenko Veyli Jangga hech qanday imkon qoldirmay, chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi!
"Medison Skver-Garden" arenasida o'tkazilayotgan UFC 322 turnirida co main event bahsi yakuniga etdi.
Musobaqaning ikkinchi asosiy jangida ayollar o'rtasida o'ta engil vaznning chempioni bo'lib turgan Qirg'iziston vakilasi Valentina SHevchenko birinchi raqamli xitoylik davogar — Veyli Jangga qarshi oktagonga chiqdi.
5 raundlik titul bahsi to'liq davom etdi. Hakamlarning yakdil qarori bilan jangda SHevchenko jangda zafar quchdi va o'z kamarini ikkinchi marotaba muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bugungi jang orqali Valentina faoliyatidagi 26-g'alabasini nishonlagan bo'lsa, Jang 4-mag'lubiyatini qabul qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar