17 okt 08:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Anderson Bellator Gran-prisi yarim finalida Beyderni 51 soniyada nokautga uchratdi
Ayni daqiqalarda AQSHning Arizona shtati Finiks shahrida Bellator 268 turniri bo'lib o'tmoqda.
Oqshom doirasidagi qiziqarli janglarning biri amerikalik 32 yoshli Kori Anderson hamda uning 38 yoshli vatandoshi, sobiq chempion Rayan Beyder o'rtasida o'tkazildi. Ushbu jang Bellator Gran-Prisining yarim finali vazifasini bajarib berdi. Jangning 51-soniyasidayoq Anderson nomdor va tajribali raqibini nokautga uchratdi.
SHu tariqa, Kori Anderson Gran-pri finaliga yo'l oldi. Uning finaldagi raqibi birozdan so'ng aniqlanadi. Ikkinchi yarim finalda yarim og'ir vazn toifasida amaldagi kamar sohibi, rossiyalik Vadim Nemkov hamda litvalik 30 yoshli Julius Engklikas o'zaro oktagonda to'qnash keladi.
Havola :
Fikrlar