29 okt 11:15
Yangiliklar
Anderson Silva va Jeyk Pol taroziga chiqishdi (VIDEO + FOTO)
Oqshomning qiziqarli jangi o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Anderson Silva hamda taniqli bloger-bokschi Jeyk Pol o'rtasida bo'lib o'tadi. Boks qoidalari asosida kechadigan ushbu jang ishtirokchilari belgilangan vazn (85 kg) meyorini bajarishdi. Pol ham, Silva ham bir xil 84.4 kg tosh bosishdi.
Reglamentga ko'ra ushbu jang sakkiz raundga mo'ljallangan bo'lib, professional maqomga ega bo'ladi. 47 yoshli Anderson Silva 2020 yilning noyabr oyida UFC promoushenidan haydalgan edi. SHundan so'ng u 3 ta boks jangida ringga ko'tarildi. Avvaliga Xulio Sezar CHaves ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etildi. Keyin Tito Ortiz ikkinchi raundda nokaut qilindi. Bruno Machadoga qarshi jangi g'olibi esa reglamentga ko'ra elon qilinmagan.
25 yoshli Jeyk Pol esa prof ringda 5 ta g'alabaga erishdi. So'nggi jangida yarimo'rta vaznda sobiq UFC chempioni Tayron Vudlini nokautga uchratgan edi.
Fikrlar