So’nggi yangiliklar

12:40UFC Fight Night 290 турнирининг ярим миллион долларлик бонуслари кимларга насиб этди? 0 12:09Ла Лига собиқ ҳаками Винисиус "Вильярреал" билан ўйиндаги четлатилиши сабабли нечта ўйинни ўтказиб юборишини айтди 0 11:38Ўзбекистонлик саблячилар Жаҳон кубогида икки медаль қўлга киритди 0 11:07Бугун Жаҳон чемпионатининг жамоавий аралаш беллашувларида иштирок этамиз (Жуфтликлар) 0 10:36Нажмиддин Қосимҳожиев ва Озода Собиржонова Париж Гран-присида совриндор бўлди 0 10:05"Барселона" Флик қўлостида ўтказган 126 та ўйинда 43-йирик ғалабасини қўлга киритди 0 09:34Тўққизта финиш ва битта дуранг қайд этилган UFC Fight Night 290 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 09:03UFC Fight Night 290 турнирининг асосий жанги муддатидан аввал якунланди 0 08:32Уайлдернинг Опетаяга қарши жанги Жошуа — Фьюри кардида ўтказилиши мумкин 0 08:01Олтита сариқ, битта қизил: "Реал" "Вильярреал"ни қийинчилик билан мағлуб этди 0 18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0

07 noy 11:01
Yangiliklar

Gandbol

Andijonlik yosh gandbolchilar kubok sohibi bo'ldi

Teglar :  GandbolAndijon
Andijonda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahalla yoshlari o'rtasida “O'zbekiston mahallalar uyushmasi kubogi” uchun bo'lib o'tayotgan gandbol musobaqasining respublika final bosqichi o'yinlari nihoyasiga etdi.

Avval xabar qilinganidek, Andijon shahridagi universal sport majmuasida 17-30 yoshli mahalla yoshlari o'rtasida o'tkazilgan gandbol musobaqasining respublika final bosqichida Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda birinchi o'rinni qo'lga kiritgan mahalla jamoalari ishtirok etib, g'oliblik uchun o'zaro bahs olib bordi. 

Musobaqaning har bir uchrashuvi qiziqarli va murosasiz bahslar ostida o'tdi. Finalda barcha raqiblaridan ustun kelgan Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumanining Obod turmush hamda Jizzax viloyatidagi Sovungarlik mahallasi jamoalari o'zaro kuch sinashdi. Uchrashuvda andijonlik gandbolchilar 32:28 hisobida jizzaxlik tengdoshlarini mag'lubiyatga uchratib, “O'zbekiston mahallalar uyushmasi kubogi”ni qo'lga kiritdi. 

– Jamoamiz uchun o'yinlar oson kechmadi, – deydi Obod turmush mahallasi jamoasi azosi SHohjahon Abdullaev. – Avvalgi o'yinlarda Samarqand va Namangan viloyati jamoalarini mag'lubiyatga uchratgan edik. Finalda jizzaxlik tengdoshlarimizdan ustun kelib, bosh sovrin sohibi bo'ldik. Ushbu g'alabamiz tufayli mahallamizda universal sport maydonchasi barpo etiladigan bo'ldi. Bundan behad xursandmiz. 

Uchinchi o'rin uchun o'tkazilgan uchrashuv ham juda qiziqarli o'tdi. Unda Toshkent shahrining Dilbuloq mahallasi jamoasi Surxondaryo viloyati Jayxun mahallasi jamoasini 22:21 hisobida mag'lubiyatga uchratib, 3-o'ringa sazovor bo'ldi. 

Uchrashuvlardan so'ng g'olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandi. Ularga kubok, tegishli medal va esdalik sovg'alarni O'zbekiston Mahallalar uyushmasi raisi Qahramon Quronboev, O'zbekiston Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sadullaev, Andijon viloyati hokimi o'rinbosari Komiljon Komilov topshirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing