05 jan 09:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Andre Uord katta gonorar evaziga qaytishga tayyor
Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Andre Uord faoliyatini qayta tiklashga tayyor ekanligini malum qildi.
Faqat buning uchun uni qanoatlantiradigan gonorar taklif qilinishi kerak. Bu haqda ikkinchi o'rta vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni Kallum Smitning murabbiyi Jo Gallaxer xabar berdi.
Gallaxerning aytishicha, Uord talab qilayotgan summa bokschining faoliyati davomida olgan eng katta gonoraridan ko'p bo'lishi shart. Andre ushbu gonorar kafolatlangan taqdirda Kallum Smit va xatto birinchi og'ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni Aleksandr Usikka qarshi ham ringga ko'tariladi.
Eslatib o'tamiz, Andre Uord bokschilik faoliyatini 2017 yilda yakunlagan edi. U o'zining so'nggi ikki jangida rossiyalik Sergey Kovalyovga qarshi ringga ko'tarilgan va har ikkisida ham g'alabaga erishgandi.
Havola :
Fikrlar