20 fev 19:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Andrey Koreshkov CHimaev haqida: "U o'ziga ortiqcha baho beryapti"
Sobiq "Bellator" chempioni CHimaevning Adesanyanga aytgan gapiga javob qaytardi.
Yarim o'rta vazn toifasida sobiq "Bellator" chempioni Andrey Koreshkov Xamzat CHimaevning o'rta vazn toifasida UFC chempioni Israel Adesanyaga qarshi bahsiga izoh berdi.
“Biz CHimaevning bo'lajak janglarini ko'rishimiz, uning boshqa jangchilar bilan qanday jang qilishini tekshirishimiz kerak. Menimcha, u bugunga qadar havaskorlar bilan kurashgan.
Albatta, Adesanya boshqa darajadagi va boshqa vazndagi jangchi. CHimaevning aytishicha, u kurashda umuman ilojsiz. Ammo, biz xammamiz Adesanya Robert Uittakerni qanday mag'lub qilganini ko'rdik. Menimcha, CHimaev o'ziga ortiqcha baho beryapti", — deya izoh berdi Koreshkov.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar