17 okt 15:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Andrey Orlovskiy Jon Jons va Jorj Sen-Perni ortda qoldirdi
Xabaringiz bor, bugun okean orti - AQSHda navbatdagi UFC kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning anderkard jangida UFC faxriysi Andrey Orlovskiy braziliyalik Karlos Felipega qarshi oktagonga ko'tarildi va raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi. Bu uning UFC'dagi 21-g'alabasi bo'ldi.
SHu tariqa, belaruslik jangchi promoushenda g'alabalar soni bo'yicha UFC afsonalari Jon Jons va Jorj Sen-Perni ortda qoldirgan holda to'rtinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar