08 jan 07:22
Yangiliklar
Andrey Rublyov Gonkongni zabt etdi
Rossiyalik tennischi Bank of China Hong Kong Tennis Open turnirining hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida roppa-rosa 50-o'rinda borgan finlyandiyalik Emil Ruusuvuorini ikki setda ham bir xil hisobda mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/4. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlardagi hisob Rublyov foydasiga bo'lib turibdi - 3:1.
Etmish sakkiz daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 5 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Rublyov qo'shxatoga yo'l qo'ymadi, Ruusuvuori bu ko'rsatkich 4 tani tashkil qildi. Breyklar soni 2 ga 0 ko'rinishida bo'ldi.
Bank of China Hong Kong Tennis Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Rublyovga 250 reyting ochkosi hamda $100,640 dollar mukofot puli keltirdi. Bu rossiyalik uchun faoliyatidagi 15-sovrin bo'ldi.
Fikrlar