08 jan 14:43
Yangiliklar
Tennis
Andrey Rublyov Marat Safin bilan tenglashib oldi
Dunyoning beshinchi raketkasi bo'lib kelgan Andrey Rublyov kecha Gonkongdagi ATP turnirida bosh sovrinni qo'lga kiritgan edi.
Bu rossiyalik tennischining faoliyatidagi 15-sovrini bo'ldi. Rublyov ATP turnirlarida qo'lga kiritilgan titullar bo'yicha Rossiya tennisining 2000-yillardagi yulduzi, ikki karra "Katta Dubulg'a" turnirlari g'olibi Marat Safin bilan tenglashib oldi. Uning davrdoshi Evgeniy Kafelnikov esa 26 ta ATP sovrini bilan 1-o'rinni egallab turibdi.
ATP sovrinini qo'lga kiritgan rossiyaliklar:
1. Evgeniy Kafelnikov - 26 ta sovrin.
2. Nikolay Davidenko - 21.
3. Daniil Medvedev - 20.
4–5. Marat Safin, Andrey Rublyov - 15 tadan.
6. Mixail Yujniy - 10.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar