30 may 19:50
Yangiliklar

Andrey SHturbabinni tabriklaymiz!
Sportga beetibor bo'lmagan insonlar Andrey SHturbabinni taniqli dzyudochilarimiz, olimpiya o'yinlarining uch karra bronza medali sovrindori, ikki karra jahon chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi Rishod Sobirov, Rio-2016 Olimpiadasining bronza medali sohibi Diyorbek O'razboevning murabbiyi sifatida juda yaxshi bilishadi, tanishadi va hurmat qilishadi. O'zi ham sportchi sifatida Atlanta-1996 va Sidney-2000 Olimpiadasida ishtirok etgan.
SHturbabin bir necha yil davomida terma jamoa murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. Malum muddat Eron terma jamoasiga ustozlik qilgan. Bugungi kunda uning farzandi Artyom SHturbabin ham ota izidan borib, aytishga arzigulik yutuqlarni qo'lga kiritmoqda. O'tgan yili kichik SHturbabin Xitoyning Uxan shahrida o'tkazilgan Butunjahon armiya o'yinlarida -66 kg vazn toifasida oltin medalni qo'lga kiritgan edi.
Tajribali murabbiy Andrey SHturbabinning ko'p yillik xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. SHturbabin O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport ustozi, "Do'stlik" ordeni hamda "SHuhrat" medali bilan mukofotlangan.
Fursatdan foydalanib, bugun tavallud kunini oilasi davrasida nishonlayotgan Andrey SHturbabinni O'zbekiston dzyudo federaciyasi nomidan muborakbod etamiz.
Fikrlar