14 iyu 08:53
Yangiliklar
Futbol
Angliya - Argentina uchrashuviga hakamlar brigadasi tayinlandi
FIFA JCH-2026 yarim finalidan o'rin olgan Angliya va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni boshqaradigan hakamlar guruhini elon qildi.
Uchrashuvni Ismail Elfat boshchiligidagi amerikalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Angliya va Argentina o'rtasidagi yarim final bahsi 15 iyul kuni, Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi.
Angliya — Argentina o'yini hakamlar brigadasi:
Bosh hakam: Ismail Elfat (AQSH).
Birinchi yordamchi hakam: Kori Parker (AQSH).
Ikkinchi yordamchi hakam: Kayl Atkins (AQSH).
To'rtinchi hakam: Mauricio Mariani (Italiya).
Zahira hakami yordamchisi: Daniele Bindoni (Italiya).

Havola :
Fikrlar