So’nggi yangiliklar

20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0

30 jan 18:49
Yangiliklar

Futbol

Angliya Kubogida dumaloq qizil kartochka ko'rsatildi. Bu nimasi?!

Teglar :  Angliya kubogi
Tushuntiramiz.

Angliya Kubogi 4-turidan o'rin olgan Beshinchi divizion vakili "Reksxem" va "SHeffild Yunayted" o'rtasidagi o'yin haqida eshitgan bo'lsangiz kerak. Bahs 3:3 hisobidagi yorqin durang bilan yakunlandi va "Reksxem" xo'jayini Rayan Reynolds uni tribunadan tomosha qilgani uchun yanada esda qolarli bo'ldi.



Ammo bu o'yinda muxlislar etiborini tortgan yana bir jihat bor edi. Ikkinchi taymda hakam Uaytstoun "SHeffild" futbolchisi Jebbisonga qizil kartochka ko'rsatdi va u yumaloq shaklda edi. Bunaqasiga hech ko'zingiz tushganmi?



Hakamlikka bag'ishlangan forumlardan birida uning maqsadi tushuntirildi: "Aylana va oval kartochkalar dastlab ranglarni ajrata olmaydigan o'yinchilarga yordam berish uchun kiritilgan.

SHuningdek, u kartochkani tezkorlik bilan ko'rsatmoqchi bo'lgan hakamga zarur edi va uning shakli qaysi birini cho'ntagidan chiqarmoqchi bo'layotganini tushunib etish uchun kerak.

Va bu yangilik emas. Dumaloq qizil kartochkalar hatto APLda, xususan, 1990-2000-yillarda Roy Kinga namoyish etilgan. Misol uchun, ulardan hakam Uriya Renni foydalangan.



Quyida g'alati shakldagi kartochkalarga muxlislarning reakciyalari:

"Qizil kartochka emas, eng yomoni, dumaloq qizil kartochka";

"To'xtang, demak, qizil kartochka – bu dumaloq, sariq kartochka esa to'rtburchakmi? Men juda qiziqib qoldim";

"Yana kimdir qizil kartochka aylana shaklida ekanligini payqadimi? Buni hech qachon ko'rmaganman".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing