13 sen 08:53
Yangiliklar
Futbol
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi baxtsiz hodisaga uchradi + FOTO
Angliya termasi sobiq hujumchisi Endi Kerroll avtohalokatga uchradi, deb xabar berayudi "The Sun".
Manbaga ko'ra, futbolchi Mercedes GLS yo'ltanlamas mashinasini boshqarib ketayotib Ford Fiesta avtomobiliga borib urilgan, u zarba natijasida 27 metr nariga surilib ketgan. Hodisa oqibatida Ford yo'lovchilaridan biri shifoxonaga etkazilgan. Kerroll ham engil jarohatlar olgan, biroq to'qnashuvdan so'ng u darhol jabrlanuvchilarning ahvolini bilish uchun darhol Ford tomon oshiqqan.
33 yoshli Kerroll hozirda erkin agent hisoblanadi. U avvalroq "Nyukasl", "Preston", "Liverpul", "Vest Xem", yana "Nyukasl", "Reding" va "Vest Bromvich" klublarida o'ynagan. U Angliya termasi safida 9 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan.
Havola :
Fikrlar