So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

13 mar 20:49
Yangiliklar

Dzyudo

Angorlik SHarofiddin Lutfullaev haqida nimalarni bilamiz?

Bugun sizlarni erishgan natijasi bilan nafaqat dzyudo, balki o'zbek sportida katta obro'ga ega bo'lib borayotgan SHarofiddin Lutfullaev haqida malumotlar taqdim etamiz.

SHarofiddin polvonlar yurti Surxondaryoda dunyoga kelgan. Angor tumanida tug'ilgan Lutfullaev avvaliga kurash, keyin esa dzyudo bilan shug'ullana boshlagan. Bugungi qahramonimizning sportni tanlashiga mehribon onajonisi sabab bo'lgan. Murabbiyi Surxondaryo viloyat dzyudo federaciyasi rahbari, shu bilan birga hozirda O'zbekiston dzyudo federaciyasi vice-prezidenti lavozimida ishlab kelayotgan Bekzod To'raboev hisoblanadi. SHarofiddinning erishgan yutuqlari va bugungi darajasiga chiqishida aynan Bekzod akaning xissasi hamda xizmati katta. 

O'zi aslida Surxondaryo viloyatini mamlakatimizning dzyudo markazi desak ham xato bo'lmaydi. Bu zamindan Pekin Olimpiadasining kumush medali sovrindori, og'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, Osiyo chempioni Abdulla Tangriev, terma jamoamizning hozirgi etakchilari - yoshlar o'rtasida jahon chempioni sho'rchilik Bekmurod Oltiboev, Qumqo'rg'on tumanidan Hikmatilloh To'raev, London Olimpiadasi ishtirokchisi, Jahon kubogi g'olibi hamda bronza medali sovrindori, Parij “Katta Dubulg'a” turniri g'olibi, Butunjahon Universiada-2013 kumush medali sohibi, Denov tumanidan Yahyo Imomov singari mashhur dzyudochilar etishib chiqqan. 

Polvonlar yurtida dunyoga kelgan SHarofiddin yuqorida nomlari tilga olingan dzyudochilar kabi katta yutuqlarga erishdi va bu jarayon bugungi kunda ham davom etmoqda. Dzyudo vatani Yaponiyada o'tgan Jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgan Lutfullaev o'sha musobaqadan so'ng Olimpiada reytingida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

SHarofiddinning yutuqlaridan yana biri 2013 yilda Abu-Dabi Gran-prisiga to'g'ri keladi. O'shanda yosh dzyudochimiz London-2012 Olimpiadasi chempioni, Rossiya terma jamoasiga 22 yillik tanaffusdan so'ng ilk oltin medalni taqdim etgan Arsen Galstyanni mag'lub eta olgandi. Arsen Olimpiadaning yarim finalida hamyurtimiz Rishod Sobirov, finalda esa yaponiyalik Xiroaki Xiraokadan ustun kelgandi.

Bugungi kunda o'zbek dzyudochilari orasida dunyoda eng yuqori reyting o'rniga ega SHarofiddin Lutfullaev va uning yutuqlari haqida uzoq gapirish mumkin. Uning sportdagi yulduzli onlari hali oldinda. SHarofiddinning eng katta orzusi bu shubhasiz, Olimpiada chempioni bo'lish! Bu orzuni u shu yili aynan dzyudo vatanida o'tkaziladigan Olimpiadada ro'yobga chiqarmoqchi. Bu borada unga omad va zafar yor bo'lishini tilaymiz!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing