07 mar 17:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Ankalaev: "Pereyra yutqazsa ustaxonasiga qaytadimi? Harakat qilaman"
Rossiyalik UFC jangchisi Magomed Ankalaev Aleks Pereyraga qarshi bo'lajak jangda g'alaba qozonishiga ishonmoqda.
"Agar men katta ustunlik bilan g'alaba qozonsam, Pereyra qaytadan shina tamirlash ustaxonasiga qaytadimi? Menimcha, hammamiz uning hech qanday imkoniyati yo'qligini tushunamiz va biz buni isbotlaymiz. U o'sha erga qaytadimi yoki MMAda qoladimi — bu uning qarori, ammo men uni ketish haqida o'ylashga majbur qilishga harakat qilaman", — dedi Ankalaev matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, Pereyra - Ankalaev jangi 9 mart tongida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar