13 mar 17:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Anvar Boynazarov ertangi jangi oldidan tarozidan o'tdi + FOTO
Ertaga o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi o'zining "qafas"dagi navbatdagi jangini o'tkazadi.
O'zbek sport muxlislariga muaytay va kikboksing orqali tanilgan Boynazarov ertaga AQSHning Florida shtati Orlando shahrida tashkil etiladigan Combat Night turnirida oktagonga ko'tariladi. Uning raqibi amerikalik Rob Fuller bo'ladi.
Sportchilar ushbu jang oldidan tarozidan o'tishdi va belgilangan vazn meyorini bajarishdi.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz o'zining MMAdagi debyut jangini Florida shtatining Tallaxassi shahrida tashkil etilgan Combat Night turnirida amerikalik Genri Krappga qarshi o'tkazib, raqibini birinchi raunddayoq mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar