21 mar 18:39
Yangiliklar

APLda eng ko'p seyv qilgan darvozabon malum. Uning jamoasi eng kam gol o'tkazib yubordi
Bu WhoScored talqiniga ko'ra APLdagi barcha darvozabonlar orasida eng yuqori ko'rsatkichdir.
Qolaversa, ispaniyalik futbolchi barcha darvozabonlar orasida o'z darvozasi daxlsizligi bo'yicha Premer-ligada ikkinchi o'rinni egallab turibdi. U 29 o'yinda 11 ta "quruq" seriyaga ega. Faqatgina "Nottingem Forest" darvozaboni Mac Selsda ko'proq – 29 o'yinda 12 ta.
"Arsenal" joriy mavsum ko'p jihatdan Rayyaning seyvlari evaziga APLda atigi 24 ta gol o'tkazib yubordi. Bu Premer-ligadagi eng yaxshi natija. Turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Liverpul"da 3 ta gol ko'p.
O'zining so'nggi o'yinida "Arsenal" derbida "CHelsi"ni kichik hisobda mag'lub etdi. "Kanonirlar"ning navbatdagi o'yini 2 aprel kuni "Fulxem"ga qarshi bo'ladi.
Fikrlar