16 dek 07:53
Yangiliklar
Boks/MMA
"Aqlsizlik". Jo Rogan Trampning Oq uyda UFC turniri o'tkazilishi haqidagi so'zlarini masxara qildi
Amerikalik taniqli podkaster, 58 yoshli UFC sharhlovchisi Jo Rogan AQSH prezidenti Donald Trampning 2026 yil 14 iyun kuni Oq uyda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan UFC turnirida to'qqizta chempionlik jangi o'tkazilishi haqidagi so'zlarini masxara qildi.
"Avval shuni aytish kerakki, UFC`da sakkizta vazn toifasi bor. Xo'sh, qanday qilib bir oqshomda to'qqizta chempionlik kamari uchun jang tashkil qilmoqchisiz? Bu shunchaki aqlsizlik", - deya Roganning so'zlarini keltiradi Yahoo Sports portali.
Jo Rogan UFC’da 1997 yilda ish boshlagan. U avvaliga UFC jurnalisti, keyin esa sharhlovchilikka o'tgan.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar