30 sen 10:20
Yangiliklar

"AQSHda Joshua va Usik jangini birorta ham odam tomosha qilmadi". Oskar de la Xoyya Eddi Xirn haqida juda salbiy fikrlar bildirdi
"Men sizlarga birgina narsani aytaman: AQSHda Joshua va Usik jangini birorta ham odam tomosha qilmadi. Bu qanday promouter bo'ldiki, AQSHda ishlashni bilmasa, uning ismi Xirns edimi? Yigitcha, Buyuk Britaniyada qol va o'sha erda janglaringni tashkil qilaaver. Sen AQSHda nima qilish kerakligini umuman tushunmaysan.
Ha, uning ismi Eddi Xirnmidi? Bu yigitni AQSHdan uzoqroqda saqlash kerak. Xirn janglarni qanday tashkil qilishni va ularni sotishni bilmaydi. U buni isbotladi. Usik o'ziga toj kiydirdi, Eddi Xirn esa Joshuaning faoliyatini buzib yubordi", - dedi Oskar de la Xoyya.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Usik bir necha kun oldin Entoni Joshuani ochkolar hisobiga mag'lub qilib, superog'ir vaznda yangi chempionga aylangandi.
Fikrlar