So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

20 okt 18:57
Yangiliklar

Tadbirlar

Aral marathon. Urganchda xalqaro ekologik marafon o'tkazildi FOTOGALEREYA

Malumki, joriy yilning 25 oktyabr kuni Nukus shahrida O'zbekiston Respublikasi hukumati ishtirokida yuqori darajadagi Orol konferenciyasi o'tkaziladi.

Mazkur konferenciya oldidan O'zbekiston Ekologik partiyasi tashabbusi bilan O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport, Ichki ishlar, Mudofaa va Madaniyat vazirliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O'zbekiston engil atletika federaciyasi, O'zbekiston aeronavtika federaciyasi hamkorligida 17-22 oktyabr kunlari O'zbekistonda birinchi marta “Biz kelajak uchun javobgarmiz” shiori ostida mamlakatimizning olti shahrida 5 kilometr masofaga yugurish bo'yicha “Aral marathon” xalqaro ekologik marafoni uyushtirilmoqda. 


Bugun ana shu marafonning Urganch bosqichi o'tkazildi. Unda talim muassasalarining o'quvchi va talabalari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sportsevar yoshlar va faxriylar, shuningdek, poytaxtimizdan tashrif buyurgan marafonchilar ishtirok etishdi. O'z navbatida tadbir qatnashchilari Urganch xalqaro aeroporti yaqinidan buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi xiyobonigacha bo'lgan masofani bosib o'tishdi.


- Bugun o'ziga xos marafonning guvohiga aylandik, - deydi Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i SHokir Madaminov. - Marafon qatnashchilari o'zlari bilan suv solingan maxsus idishni ham marraga etkazishdi. Tabiiyki, bu barchaning etiborini tortdi. Binobarin, marafonning tashkil etishdan maqsad, aholimiz o'rtasida hayotimiz manbai bo'lgan suv resurslarini tejab ishlatishni va undan samarali foydalanishni targ'ib qilish, shuningdek, tabiatimizni asrab-avaylash va unga mehr bilan qarash hamda joylarda sog'lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan. Albatta, ushbu xayrli jarayonga ulush qo'shayotganimizdan benihoya xursandmiz.


Binobarin, marafonning Urganch bosqichi bo'yicha erkaklar o'rtasida birinchi o'rinni “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati texnik va amaliy sport turlari markazi sportchisi Odamboy Rahimov egalladi. Ushbu yo'nalishda ikkinchi o'rinni Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan BO'SM shug'ullanuvchisi Mirjalol Kenjaev, uchinchi o'rinni Urganch davlat universiteti talabasi Abdulaziz Tillaev band etdi. Ayollar orasida esa Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati tarbiyalanuvchisi Munisaxon Hayitboeva zafar quchdi. Ushbu maktab-internati o'quvchisi Mohichehra Bozorboeva ikkinchi, Urganch davlat universiteti talabasi Ro'zikajon Yo'ldosheva uchinchi o'rindan joy oldi.


Tadbirning taqdirlash marosimi Jaloliddin Manguberdi xiyobonida bo'lib o'tdi. Unda “Biz kelajak uchun javobgarmiz” shiori ostida o'tkazilgan “Aral marathon” xalqaro ekologik marafonining g'olib va sovrindorlariga tashkilotchilarning qimmatbaho sovg'alari topshirildi.










Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing