20 avg 18:42
Yangiliklar
Futbol
Argentinalik murabbiy "Neftchi"dan ketdi
Argentinalik mutaxassis Juan Kruz Gill oilaviy sabablarga ko'ra “Neftchi” murabbiylar shtabini tark etdi.
Bu haqda klub matbuot xizmati malum qildi.
“Juan Kruz Gillga “Neftchi”dagi faoliyati va jamoamizga qo'shgan hissasi uchun rahmat aytamiz.
Oilaviy sabablarga ko'ra qabul qilingan ushbu qarorni hurmat qilamiz va unga yangi faoliyatida, shuningdek, oilasiga mustahkamlik va omad tilaymiz”, – deyiladi xabarda.

42 yoshli murabbiy 25 iyundan beri Islom Ismoilovga yordamchi bo'lib ishlab kelayotgan edi.
Havola :
Fikrlar