27 jan 08:14
Yangiliklar
Tennis
Arina Sobolenko Australian Open 1/2 finaliga chiqdi
Melburn shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Australian Open turnirining ayollar o'rtasidagi bahslarida ilk yarim finalchi malum bo'ldi. Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi Arina Sobolenko 1/4 finalda WTA reytingida 27-o'rinni egallab turgan amerikalik Iva Yovichni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi — 6:3, 6:0.
Uchrashuv 90 daqiqa davom etgan. Belaruslik tennischi 6, amerikalik esa 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Arina Sobolenkoning yarim finaldagi raqibasi amerikalik Kori Goff va ukrainalik Elina Svitolina o'rtasidagi uchrashuvda aniqlanadi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar