15 avg 08:35
Yangiliklar
Tennis

Arina Sobolenko Cincinatti WTA 1000 turniri 1/4 finalida
AQSHning Cincinatti shahrida tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi Arina Sobolenko musobaqaning chorak final ishtirokchisiga aylandi. Belaruslik tennischi 1/8 finalda WTA reytingida 42-o'rinni egallab turgan ispaniyalik Jessika Busas Maneyroni ikki setda mag'g'lub etdi - 6/1, 7/5.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 2:0. Sakson bir daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 4, Busas Maneyro 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Endi Arina chorak finalda qozog'istonlik Elena Ribakinaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar