07 mar 12:55
Yangiliklar
Tennis
Arina Sobolenko Indian-Uellsda muvaffaqiyatli start oldi
Dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko AQSHning Indian-Uells shahrida o'tkazilayotgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli turnirdagi ishtirokini boshladi.
Belaruslik tennis malikasi ikkinchi davrada WTA reytingida 136-pog'onada borayotgan yaponiyalik Ximeno Sakacumeni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/2. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Etmish ikki daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 3, Sakacume 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi Arina uchinchi bosqichda Jaklin Kristianga qarshi kortga chiqadi. Ruminiyalik bu tennischi ikkinchi davrada avstraliyalik Mayya Joyntdan 0/6, 6/2, 7/5 hisobida ustun kelgan.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar