26 apr 13:17
Yangiliklar
Tennis
Arina Sobolenko Madrid turniridagi yurishini davom ettirmoqda
Dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko Ispaniyaning Madrid shahrida o'tkazilayotgan Mutua Madrid Open turnirining to'rtinchi davra ishtirokchisiga aylandi.
Belaruslik tennis malikasi WTA reytingida 33-o'rinni egallab turgan ruminiyalik Jaklin Kristianni mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/4. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 2:0.
Sakson besh daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 4, Kristian 5 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Ikkala tennischi ham 2 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha ustunlik tabiiyki g'oliba tomonida bo'ldi - 3 ga 0.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar