02 noy 15:30
Yangiliklar
Tennis
Arina Sobolenkoga dunyoning birinchi raketkasi kubogi topshirildi + FOTO
Amaldagi US Open chempioni Arina Sobolenkoga dunyoning birinchi raketkasiga atalgan maxsus kubok taqdim etildi.
Belaruslik tennis malikasi 55 haftadan beri, yani 2024 yilning oktyabr oyidan beri WTA reytingi peshqadami bo'lib turibdi. Arina umumiy hisobda 63 hafta davomida reytingda peshqadamlik qilgan.
"Men uchun bu juda muhim. Bu yil o'zini oqlaydigan ulkan ishlarni amalga oshirdik. Har bir final va har bir o'yin ajoyib edi. Mavsum bilan juda faxrlanaman va uni Ar-Riyodda juda yuqori notada yakunlayman, deb umid qilaman", - dedi Sobolenko Yakuniy WTA turniri doirasida bo'lib o'tgan marosimda.



Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar