23 dek 08:32
Yangiliklar
Arman Carukyan 10 yanvar kuni sobiq PFL jangchisiga qarshi bahs olib boradi + POSTER
U 10 yanvar kuni bo'lib o'tadigan Real American Freestyle 5 turnirida sobiq PFL jangchisi, amerikalik Lens Palmerga qarshi kurash olib boradi. Bu haqda Liga matbuot xizmati xabar bermoqda.
Palmer 38 yoshda bo'lib, professional MMA jangchisi sifatida 2013 yilning dekabr oyida debyut qilgan. Amerikalik o'z rekordida 23 ta g'alaba va sakkizta mag'lubiyatga ega. SHuningdek, Palmer erkin kurash bo'yicha to'rt karra NCAA All-American birinchi divizion chempioni hamda Braziliya jiu-jitsu bo'yicha qora kamar sohibi hisoblanadi.
Arman Carukyan 29 yoshda. Rossiyalik-armanistonlik jangchining MMAdagi professional rekordi 23 g'alaba, shundan 15 tasi muddatidan oldin qo'lga kiritilgan. Hisobida uchta mag'lubiyat bor. Professional sifatida Axalkalakes 2015 yil sentyabr oyida aralash yakkakurashlarda debyut qilgan.

Fikrlar