14 mar 10:31
Yangiliklar
Boks/MMA
Arman Carukyan: "Buni UFC 300 turnirida isbotlayman..."
Rossiya/Armaniston nomidan jang qiluvchi UFC jangchisi Arman Carukyan bo'lajak rejalari bilan o'rtoqlashdi.
U 14 aprel kuni UFC 300 turniri doirasida braziliyalik CHarlz Oliveyraga qarshi oktagonga chiqadi.
"Men engil vazn toifasidagi eng yaxshi jangchiman. Buni UFC 300 turnirida hammaga isbotlayman. Hammasi qo'limdan keladi. Men grepplingda CHarlz Oliveyra bilan raqobatlasha olaman. Zarbalarda ham u nima xohlasa, hammasini qila olaman.
Uni nokaut qilishga va kechaning eng yaxshi jangi uchun bonus hamda titul jangini qo'lga kiritishga tayyorlanyapman", - dedi Arman Carukyan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar