17 iyu 11:23
Yangiliklar
Boks/MMA
Arman Carukyan: "Dariush chempionlik jangi uchun so'nggi imkoniyatni boy berdi"
Engil vazn toifasida rossiyalik UFC jangchisi Arman Crukyan Beneil Dariushning CHarlz Oliveyradan uchralgan mag'lubiyatiga izoh berdi.
UFC 289 turnirining asosiy kardida CHarlz Oliveyra Beneil Dariushni texnik nokaut bilan mag'lub etgan edi.
"Men Dariushning g'alaba qozonishiga ishonchim komil edi. U yaxshi jismoniy holatda edi va bu uning chempionlik jangini qo'lga kiritib, Islam Maxachevga qarshi kurashish uchun so'nggi imkoniyati edi. Agar u g'alaba qozonganida Islamga qarshi kurashgan bo'lardi. Lekin, u mag'lub bo'ldi, endi esa yana davogar bo'lishi uchun bir bir yarim-ikki yil kerak bo'ladi. Lekin, u men kabi yosh emas. SHuning uchun u jangda borini beradi deb o'ylagan edim. Dariush yaxshi boshladi, lekin keyin nimadir sodir bo'ldi. U zarba o'tkazib yubordi va bo'lishi kerak bo'lgan ish bo'ldi", - dedi Carukyan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar