06 jan 08:56
Yangiliklar
Arman Carukyan - Dastin Pore jangi bo'yicha muzokara boshlandi
U fevral oyida qo'lqopsiz janglar ligasi bayrog'i ostida jang o'tkazishi mumkin, uning potencial raqiblaridan biri amerikalik Dastin Pore hisoblanmoqda.
Bu haqda tashkilot hammuassisi Armand Martirosyan malum qildi.
"Dastin Pore bilan fevral oyida Armanga qarshi bo'lib o'tadigan greppling bahsini muhokama qilyapmiz. U hali shartnoma imzolagani yo'q, ammo biz muzokara olib boryapmiz va u chindan ham Armanning raqibiga aylanishi mumkin. Agar o'xshamasa, bizda yana bir yigit bor, uning qaytishini butun MMA hamjamiyati kutmoqda. Kimligini aytolmayman, lekin ertaga u bilan gaplashib olishimiz kerak. Hamma uning qaytishini kutmoqda. Bu Armanning SHaraga qarshi bellashuvidan ham shov-shuvli bo'ladi", - dedi Martirosyan.

Fikrlar