17 may 19:02
Yangiliklar
Arman Carukyan: "Davogar kamarni ishonchli g'alaba bilan tortib olishi kerak, aks holda..."
"Vazn tashlash juda og'ir bo'ldi, hatto shafqatsiz darajada. Ertalab u o'zini yaxshi his qilayotganini aytdi. Ammo jangda birinchi raunddan keyin charchaganini va faqat zarba almashganini ko'rdik. Ha, ehtimol, bu vazn tashlash bilan bog'liqdir. Men hali u bilan jang, vazn tashlash va jang vaqtida o'zini qanday his qilgani haqida gaplashmadim. Katta ehtimol bilan muammolarning barchasi vazn tashlash sabab bo'lgan. CHunki mashg'ulotlarda u to'xtovsiz besh raund sparring o'tkazar, hammani kaltaklar, 25 daqiqa kurashardi.
Ammo yaqin o'tgan jangda chempion chempion bo'lib qolishi kerak. Davogar esa kamarni ishonchli g'alaba bilan tortib olishi lozim, shunchaki og'ir jang uchun unga kamar berib qo'yish kerak emas", — dedi Carukyan JAXXON PODCAST YouTube-kanalida.
Fikrlar