12 apr 13:30
Yangiliklar
Arman Carukyan ikki potencial raqibini elon qildi
Asli armanistonlik aralash yakkakurash ustasi keyingi raqibi braziliyalik CHarlz Oliveyra yoki franciyalik Benua Sen-Deni bo'lishi haqidagi malumotni tasdiqladi. U WBC bo'yicha yarim o'rta vazn toifasida jahon chempioni Rayan Garsiya bilan suhbatda malum qildi.
"Men CHarlz Oliveyra yoki Benua Sen-Deni bilan jang qilmoqchiman. Ikki variantdan yaxshirog'i CHarlz. Uning ismi bor va biz allaqachon jang qilganmiz - uni mag'lub etganman. Hozir unda BMF kamari bor. Bu kamar unga to'g'ri kelmaydi, lekin menga kerak - uni olib ketmoqchiman", - dedi Arman.
Avvalroq, Carukyan 14 iyun kuni Iliya Topuriya va Jastin Getji o'rtasidagi birlashtiruvchi chempionlik jangini sug'urta qilmoqchi ekanligini malum qilgan edi. Ayni paytda CHarlz Oliveyra va Benua Sen-Deni UFC engil vazn toifasi reytingida mos ravishda uchinchi va beshinchi o'rinni egallab turibdi.

Fikrlar