02 jan 14:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Arman Carukyan Islam Maxachev bilan greppling jangi haqida fikr bildirdi
UFC’ning engil vazn toifasidagi reyting peshqadami Arman Carukyan promoushenning yarim o'rta vazn chempioni Islam Maxachev bilan ehtimoliy greppling jangi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Carukyanning aytishicha, yaqin vaqtda bunday jang bo'lishi qiyin.
— Islam Maxachev sen bilan greppling jangiga qiziqmasligini aytgan, chunki u UFC’da MMA qoidalari asosida chempionlik jangi uchun oladigan pulni bu erda ishlab topa olmaydi. Aytaylik, bu masalani yopish uchun birgalikda investor topib, jangni tashkil qilish imkoni bo'larmidi?
— Yaqin vaqtda bu to'qnashuv aniq bo'lmaydi. CHunki Islam UFC’da juda katta pul ishlab topyapti va hozircha kimdir bu miqdorda pul to'lay olishiga ishonmayman, — dedi Carukyan.
Havola :
Manba : Red Corner MMA
Fikrlar