19 noy 12:48
Yangiliklar
Arman Carukyan Islam Maxachevning yonini oldi
CHempionlik bellashuvi 16 noyabr kuni UFC 322 turniri doirasida bo'lib o'tgan va o'shanda Islam ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonib, yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioniga aylangan edi.
"Menimcha, Islamning jangi juda yaxshi edi. U shunchaki oktagonga chiqib, Jekni butunlay mag'lub etdi. Della Maddalena faqat bo'g'ish hujumiga qarshi himoyalandi. Uning maqsadi shunchaki jangdan omon qolish va muddatidan oldin engilmaslik edi. U zarba berishda, kurashda hech narsa ko'rsata olmadi. Islam shunchaki uni hamma narsada ortda qoldirdi. Maxachev ajoyib jang ko'rsatdi. U haqiqatan ham o'zining eng yuqori cho'qqisida; hozir uni hech kim to'xtata olmaydi.
Lekin tomoshabin uchun bu juda zerikarli jang bo'ldi. Garchi men uchun MMA muxlisi va jangchi sifatida bu qiziq bo'lgan bo'lsa-da. Islamning maqsadi ikki karra chempion bo'lish edi, muxlislar nima deyishi muhim emas, chunki ular bir muncha vaqt o'tgach, jang qanday o'tganini unutishadi, ammo meros qoladi", deydi Carukyan.
Fikrlar