So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

01 jan 16:37
Yangiliklar

Boks/MMA

Arman Carukyan: "Kurashga chiqqanimda yuragim urmaydi"

Engil vazn UFC reytingining birinchi raqamli jangchisi Arman Carukyan bir kun avval Erevandagi Hype FC turnirida SHara Bulet bilan to'qnash kelgandi.

Greppling bo'yicha o'tkazilgan bellashuvda g'olib aniqlanmagan, jang natijasi hakamlar tomonidan durang deya elon qilingan edi. O'z vatandoshlari ko'z o'ngida kurashgan Carukyan taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Taassurotlarim normal. Men yo sabmishen yoki durangni kutgandim - yutqazishim mumkin emasdi, chunki SHara kurashdan qochib, olti daqiqa yugurishini bilardim. Faqat muddatidan oldin g'alaba qozonish tashabbusi tashkilotdan chiqdi, ammo ko'proq vaqt bo'lishi kerak edi. Reglament ko'proq edi, lekin SHara besh daqiqalik kurashni xohladi, keyin zo'rg'a olti daqiqaga kelishib oldik. Mening vazifam uni charchatish va finish qilish edi. Ammo u kurashmadi - shunchaki turdi va kanatlarda himoyalandi. Bu bilan SHara o'z ishini yuz foiz bajardi, men esa deyarli oxiriga etkazdim", - dedi rossiyalik jangchi Red Corner MMA nashriga bergan intervyusida.

Carukyan agar bu tashkilotchilar va jamoatchilik uchun qiziqarli bo'lsa, Bulet bilan revansh jangini o'tkazishga tayyorligini tasdiqladi.

"Ha, albatta. Nega endi yo'q? Yaxshi xayp. Biz xayp qilyapmiz, odamlar xursand, matbuotda xuddi UFC’dagi jang kabi shov-shuv ko'tarildi" - deya tushuntirdi Arman.

SHuningdek, Carukyan kurashdagi zich janglari jadvali unga qiyinchilik tug'dirmayotgani takidlamoqda.

"Men hatto kurashga chiqqanimda yuragim urmaydi, chunki bilamanki, boshimga zarba qabul qilmayman. Har kuni kurashaman, mashq qilaman - bu men uchun juda oson, bu ishni yaxshi ko'raman. MMA esa butunlay boshqacha. U erda katta masuliyat, jiddiy tayyorgarlik bor, u erda xatoga yo'l qo'yib bo'lmaydi", - deya xulosa qildi engil vazn toifasidagi UFC etakchisi.

Arman Carukyanning navbatdagi gilamga chiqishi 10 yanvarga rejalashtirilgan, o'sha kun u AQSHdagi RAF 5 kurash turnirida ikki karra PFL chempioni Lens Palmer bilan kuch sinashadi. 24 yanvar kuni esa rossiyalik engil vazn toifasida Jastin Getji va Peddi Pimblett o'rtasidagi vaqtinchalik UFC chempionligi uchun jangni sug'urtalamoqchi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing