08 sen 15:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Arman Carukyan: "Maxachev bilan jangmi? Avval engil vaznda kamida besh marta chempionlikni himoya qilmoqchiman"
Arman Carukyanning aytishicha, u Islam Maxachev bilan jang qilish uchun yarim o'rta vaznga o'tishga shoshilmayapti.
"Maxachev bilan jang? Yo'q, men avval engil vazn toifasida chempionlik kamarini kamida besh marta himoya qilishni istayman. Rekordni yangilamoqchiman. Islam o'z kamarini to'rt marta himoya qilgan. Men besh marta himoya qilmoqchiman, keyin ko'ramiz.
Balkim, umuman faoliyatimni yakunlarman yoki yarim o'rta vaznga o'tarman. 77 kilogramm vazn uchun hali mushak massasini oshirishim kerak", — dedi Carukyan.
Havola :
Manba : UFC on Paramount+
Fikrlar